Standart va me’yorlar mahsulot sifatini belgilovchi muhim mezon hisoblanadi. Xalqaro me’yorlar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot nafaqat ichki bozorlarda, balki tashqi bozorlarda ham raqobatbardoshligi ta’minlanadi.

“O‘zstandart” agentligi o‘z faoliyatida standartlarni qabul qilish va ularni xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirishga e’tibor qaratmoqda. Agar raqamlar tili bilan qiyoslanganda 2017 yilda 492 ta xalqaro standartlarni qabul qilish belgilangan bo‘lsa, amalda 644 ta xalqaro standartlar qabul qilingan.

2018 yilda 509 ta xalqaro standartlarni qabul qilish rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda bu ko‘rsatgich 519 ta ni tashkil qilgan.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 1255 ta standart qabul qilinib, shundan 1208 tasi ya’ni (96,2%) xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirilgan holda qabul qilindi.