“O‘zstandart” agentligi va “Parrandasanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini «Halol» standarti talablari bo‘yicha sertifikatlashtirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Unda Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari hamda uyushma a’zolari bo‘lgan parrandachilik korxonalari vakillari ishtirok etdi.

Seminarda Halol sertifikatlatirish uchun parrandachilik korxonalarida oziq-ovqat mahsulotlari xafvsizligini ta’minlash maqsadida, ISO 22000 “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimlari – Oziq-ovqat mahsulotlari yaratish tizimida ishtirok etuvchi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablar” xalqaro standarti joriy etilgan bo‘lishi hamda mazkur standart yuzasidan ma’lumotlar berildi.