Chirchiq sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi 698-sonli “Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash va uning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan Olmaliq va Bekobod sinov va sertifikatlashtirish markazlari ishtirokida seminar trening tashkil etildi.

Seminar treningda Toshkent viloyati MIB xodimlari, viloyati davlat xizmatlari agentligi, viloyat gaz va suv ta’minoti hududlari vakillari ishtirok etdilar.

Seminar ishida, qaror bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning bevosita ishtirok etishini talab qiladigan tartibotlar sonini hamda ularning ko‘rsatish muddatini tubdan qisqartirish, yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa tashkilotlardan olinadigan hujjatlar va ma’lumotlar talab qilinishini bekor qilish kabi masalalar mohiyati atroflicha tushuntirib berildi.