“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Departamentda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylov qonunchiligi targ‘iboti oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari mahalliy kengashlari saylovlarida ishtirok etish har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqi va fuqarolik burchidir” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatini departament rahbari Z.G‘ulomov ochib, dastlab saylovlarda ilk bor ishtirok etayotgan xodimlarni tabrikladi va ushbu saylovlar mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etishi, shu bois unda har bir O‘zbekistonlik yuksak mas’uliyat va daxldorlik his qilgan holda ishtirok etishi lozimligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etgan Adliya vazirligi Shayxontahur tuman bo‘limi bosh maslahatchisi Azimboy Nurullayev davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni o‘tkazishda saylovchilarning vakolatlari, yangidan qabul qilingan Saylov kodeksining muhim jihatlari, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan siyosiy partiyalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.