O‘zbekiston milliy metrologiya institutining Geometrik va mexanik kattaliklari ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi mutaxassislari joriy yilning Germaniya Federativ Respublikasining Kyoln shahrida joylashgan “JENOPZTIK Robot GmbH” korxonasida xizmat safarida bo‘lib qaytdilar.

 

Xizmat safari mobaynida “MultaRadar” va “TraffiStar” rusumli harakat tezligini foto-video fiksatsiya qilish o‘lchash vositalarini turini tasdiqlash hamda davlat sinovidan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

Xizmat safari davomida “MultaRadar” rusumli harakat tezligini o‘lchash vositasining “CD” modifikatsiyasi hamda “TraffiStar” rusumli harakat tezligini o‘lchash vositasining “SR 290” modifikatsiyasiga standartlar tomonidan qo‘yilgan texnik va metrologik talablarga muvofiqligini sinash ishlari amalga oshirildi.

Sinash natijalariga ko‘ra yuqorida qayd etilgan o‘lchash vositalarini o‘rnatilgan tartibda davlat reyestriga kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.