Konstitutsiyamizning qabul qilingan kunning 27 yilligi munosabati bilan “O‘zstandart” agentligida davra suhbati tashkil etildi.

 

Mazkur ma’rifiy uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi va Toshkent Davlat Yuridik Universitetidan huquqshunos olimlar ishtirok etib, ishtirokchilarga Konstitutsiya – barcha qonunlarimizning asosi, mamlakatimiz farovonligi, xalqimiz baxt-saodatining kafolati ekanligiga e’tibor qaratildi.

 

Shuningdek, uchrashuvda hayotimizning barcha jabhalarida keng qamrovli islohotlar olib borilayotgani, buning zamirida eng avvalo inson xuquq va erkinliklariga, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarining eng oliy qadriyat sifatida tan olinishi kabi hayotiy tamoyillar haqida batafsil fikr mulohazalar bildirildi.