“O‘zstandart” agentligi tomonidan qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini eksport ko‘lamini kengaytirish va hajmini oshirish maqsadida joriy yilda 37 ta fermer xo‘jaliklari, “Eurocert” (Gretsiya) tomonidan Global G.A.P. standarti bo‘yicha xalqaro sertifikati rasmiylashtirib berildi. Buning natijasida Yevropa va boshqa davlatlariga eksport qilishga imkoniyat yaratildi.

“Xalqaro Global G.A.P. standartini joriy etish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash maqsadida “O‘zstandart” agenligi AQSh Xalqaro Taraqiyot Agentligi (USAID) tashkiloti bilan hamkorlikda respublikaning barcha hududlaridan mutaxasislarni jalb qilgan holda intensiv o‘quv kurslari tashkil etildi va xozirgi kunda 20 tadan ortiq mutaxasislar o‘z bilimlarini oshirdilar.