“O‘zstandart” agentligi yakunlanib borayotgan yilda standartlashtirish sohasida AQShning ASTM International tashkiloti, Germaniyaning ALPHA Consulting GmbH, Qozog‘istonning Standartlashtirish va sertifikatlashtirish instituti, Rossiya ilmiy-texnika axborot markazi Federal davlat unitar korxonasi, metrologiya sohasida esa Fransiya Milliy Metrologiya tashkiloti, Belorusiya davlat metrologiya instituti, Xitoyning Nanking bozorlarni tartibga solish Administratsiyaci, muvofiqlikni baholash sohasida Turkiyaning “TURKSERT” setrifikatlashtirish xizmatlari kompaniyasi, Koreya akkreditatsiya kengashi, Birlashgan Arab Amirliklarining Milliy Akkreditatsiya Tizimi, Xitoy Sertifikatlashtirish va inspeksiya guruhi, Turkiya akkreditatsiya agentliklari bilan kelishuv va memorandumlar imzolandi.
Albatta bunday kelishuvlar soha rivojiga katta hissa qo‘shish barobarida, xodimlar o‘rtasida tajriba almashish va mahsulot sinovlarining zamonaviy usullarini keng joriy etishga yordam beradi.