O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC)ning “Sheriklik plyus dasturi”ga a’zo bo‘ldi.
Dasturga a’zo bo‘lish natijasida, Xalqaro Elektrotexnika Komissiyasi (IEC)dan elektrotexnika mahsulotlariga oid qo‘shimcha 200 ta bepul xalqaro standartlar olish va keng foydalanish imkoniyati yaratildi.
Ushbu xalqaro standartlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga elektrotexnika mahsulotlarini IEC standartlariga muvofiq ishlab chiqarish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirish va ularni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirishda xizmat qiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun mazkur havolaga o‘ting: https://www.iec.ch/index.htm