“O‘zstandart” agentligi tomonidan amaliyotga kiritilayotgan yangi standartlarni faqat xalqaro standart, me’yor va qoidalarga yoki xorijiy mamlakatlarning ilg‘or standartlariga muvofiq bo‘lgan taqdirda qabul qilish mexanizimi joriy qilindi.

O‘tgan 2019 yil davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va havfsizligini baholash, ularni saqlash va tashishga oid 158 ta ISO standartlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri joriy qilindi.

Bugungi kunda me’yoriy hujjatlar fondidagi 34714 ta standartning 8107 tasi yoki 23,3 % xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashgan.