Respublikamiz aholisini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shuningdek meva va sabzavotlardan olinadigan sharbat mahsulotlariga bo‘lgan umumiy talablarni belgilash maqsadida “O‘zbekoziqovqat-xolding” AJ, “O‘zstandart” agentligi va tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan “Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament Vazirlar Mahkamasining 2020 yili 4 martdagi 119–sonli qarori bilan tasdiqlandi.

Mazkur texnik reglament Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqining TR YeAES 023/2011 “Meva va sabzavotlardan olingan sharbat mahsulotlari texnik reglamenti”, Alimentarius Kodeksining CODEX STAN 247-2005 “Meva sharbatlari va nektarlari uchun umumiy standart” xalqaro talablari va O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ xujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, sharbat mahsulotlariga mikrobiologik, radiologik, toksikologik va boshqa xavfsizlik talablarni belgilaydi.

Qabul qilingan mazkur umumiy texnik reglament mahalliy ishlab chiqariladigan hamda importdan kirib keladigan sharbat mahsulotlarga umumiy xavfsizlik talablarini belgilash orqali iste’molchilarga xavfsiz va sifatli meva va sabzavot sharbat mahsulotlari yetkazib berishda, ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun muhim normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.