O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 noyabrdagi PQ-4525-sonli qaroriga asosan mahsulotlarni ishlab chiqarishda va import qilishda tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratildi.

2020 yil 1 fevraldan boshlab mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha arizalar “Yagona darcha” (single window) bojxona axborot tizimi orqali qabul qilinmoqda hamda natijasi yuzasidan rasmiylashtirilgan sertifikatlashtirish hujjatlari tizimga joylashtirilmoqda, bu bilan tadbirkorlarning mazkur jarayonlarga ketgan vaqti tejalmoqda.

“O‘zstandart” agentligi huzuridagi Departament tomonidan “Yagona darcha” (single window) bojxona axborot tizimi orqali kelib tushgan arizalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqmagan sertfikatlashtirish idoralariga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilmoqda.