“O‘zstandart” agentligida  Germaniyaning “Markaziy Osiyo mamlakatlarida sifat infratuzilmasini mustahkamlash” loyihasi doirasida Germaniya Federal fizika-texnik instituti (PTB) hududiy loyihasining koordinatori Oliver Dittxardt, sifat infratuzilmasi va metrologiya umumiy masalalari bo‘yicha  xalqaro ekspert  Klemens Sanetra va O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalalari bo‘yicha  maslahatchisi Yovan Yekich ishtirokida seminar-treyning bo‘lib o‘tdi.

Seminar treyningda standartlashtirish va texnik jixatdan tartibga solish sohalarida Evropa tajribasi, Jaxon Savdo Tashkilotiga kirishda muvofiqlikni baholash, standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohalarining o‘rni va vazifalariga oid  dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Xalqaro ekspertlar tomonidan standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish va muvofiqlikni baholash  sohalarining mas’ul mutaxassislari xalqaro tajribalardan kelib chiqib, jahon savdo va iqtisodiy  integratsiyasi  jarayonlarida milliy va xalqaro me’yoriy hujjatlar talablarini mukammal bilishlari, ularni qabul qilish va joriy etish  jarayonida ushbu talablarni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llash va unga rioya qilishlari zarurligi tushintirib o‘tildi.

Tadbir davomida seminar ishtirokchilari dolzarb mavzularda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi