“O‘zstandart” agentligi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga amaliy ko‘mak berib kelinmoqda. Jumladan, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 2019 yilda 8 034 ta qarorda belgilangan imtiyozlardan foydalanilib, 2 433 mlrd.so‘m xom ashyo va butlovchi qismlar olib kirilgan bo‘lsa, hozirgi kunda tadbirkorlik sub’ektlari bajxona rasmiylashtiruvida bir kun muddatda xalqaro akkreditatsiya qilingan (ILAC va IAF) idoralarining sertifikatlari asosida amalga oshirmoqdalar.

Buning natijasida tadbirkorning sarflanadigan 12 mlrd.so‘m mablag‘lari tejalib, butlovchi qismlar ishlab chiqarish jarayoniga qisqa muddatlarda yetkazib berilishi ta’minlanmoqda.

O‘tgan davr mobaynida 265 ta tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun 89 mlrd.so‘mlik, 498 turdagi o‘lchash vositalari soddalashtirilgan tartibda olib kirildi.

265 ta tadbirkorlik sub’ektlarining 91 tasi bo‘yicha o‘lchash vositalarni sertifiktlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, hozirda 174 ta tadbirkorlik sub’ektlariga muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirildi.

Shuningdek, korxonalar tomonidan bojxona omborxonasida saqlash uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 1,1 mlrd.so‘m to‘lovlar iqtisod qilindi.