“O‘zstandart” agentligi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan mamlakatimizdagi eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi 10 ta tumandagi 47 ta eksportyor korxonalarga “Global GAP” va 9 ta korxonalarga “ORGANIK”, 18 ta tekstil korxonalariga “OEKO TEKS” halqaro standartlarini joriy etish va jahon bozorlariga kirishlarida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shu kungacha yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 74 korxonalar o‘z faoliyatlarida amaliy natijadorlikka erishdilar.

Respublikamiz bo‘yicha jami 47 ta korxonalar “Global GAP” standarti asosida xalqaro sertifikatlar bilan ta’minlandi.