Qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini eksport hajmini oshirish, yangi eksport geografiyasini kengaytirish, shuningdek xalqaro darajada tan olingan standartlarga muvofiq mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida, “O‘zstandart” agentligi, Markaziy Osiyo mintaqasida yetishtiralidgan qishloq ho‘jaligi mahsulotlariga YeEK OON turkumidagi tijorat standartlari ishlab chiqish, amaldagi standartlarga o‘z manfaati va mahsulotni o‘ziga xosligidan kelib chiqib qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Markaziy Osiyo ishchi guruhda faol ishtirok etmoqda.
Joriy yilning 3-5 iyun kunlari mazkur ishchi guruhning videokonferensiya formatida yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston milliy texnik guruhi bilan birgalikda, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari milliy texnik guruhlari ishtirok etmoqda.
Mazkur uchrashuv joriy yilning 15-17 iyun kunlari Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadigan Quritilgan va quruq mahsulotlarga standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha maxsus seksiyaning 67-chi navbatdagi Sessiyasiga tayyorgarlik sifatida o‘tkazilmoqda.
Yig‘ilish doirasida quyidagi asosiy masalalarni ko‘rib chiqish belgilab olingan:
- so‘nggi mintaqaviy yig‘ilishda tasdiqlangan rejaga asosan yangi va quritilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifati nuqsonlari bo‘yicha ko‘rgazma materiallarini ko‘rib chiqish va kelishib olish;
- ko‘rgazma materiallar, shu jumladan flipchartlarning umumiy tarkibini belgilash;
- milliy texnik guruh a’zolarining salohiyatini oshirish uchun o‘quv mavzulari va yo‘nalishlarini aniqlash;
- yangi ishlab chiqilayotgan standartlar loyihalarini ko‘rib chiqish.
Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilayotgan quritilgan xurmo, o‘rik danagi mag‘zi, mosh, yor yong‘oq mahsulotlariga standartlar muhokama qilinadi.