“O‘zstandart” agentligi va tizim-tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish va davlat tilida ish yuritish masalasiga e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa xodimlar ishtirokida kunning dolzarb masalalari keng muhokama etilib, undan to‘g‘ri xulosalar chiqarishga undaydigan uchrashuvlarni tashkil etish ijobiy natija beradi.
Agentlik tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya institutida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Shuhrat” medali sohibi, siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov ishtirokida TrueConf dasturi orqali “O‘zbekiston va Jahon” mavzusida onlayn uchrashuvi tashkil etildi.

 
Mazkur uchrashuvda institutning hududiy bo‘limlari va markaziy apparati mas’ullari ishtirok etib, "Ma’naviyat soati" ruknida ma’ruza tingladilar.
Uchrashuvda yurtimizning ichki va tashqi siyosati, Pandemiya sharoitida olib borilayotgan sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘zgarishlar, shuningdek, dunyo siyosiy sahnasidagi jarayonlar haqida ma’lumot va tushunchalarga ega bo‘ldilar.