“O‘zstandart” agentligi tizimidagi hududiy bo‘linmalarda xodimlar ishtirokida madaniy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish va davlat tilida ish yuritilishini ta’minlash yuzasidan bir qator ishlar olib borilmoqda.
Namangan, Farg‘ona viloyatlari hududiy bo‘limlarida hujjatlar, binolarning tashqi va ichki e’lonlari, sinov bayonnomalarining aynan davlat tilida bo‘lishi yuzasidan tahliliy o‘rganishlar o‘tkazilib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.