“O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Jizzax filialida jurnalistlar va mas’ullar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda 2020 yil 7 – aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 avgustda e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 528-sonli qarorining mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma’lumotlar berildi.