«O‘zstandart» agentligi va Germaniyaning TUV NORD muvofiqlikni baholash idorasi Latviyadagi bo‘limi ekspertlari hamkorligida «Elektrtexnika mahsulotlari uchun SE Markirovkasi va mahsulotlar importiga qo‘yilgan talablar» mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.

 
Tadbirda TE SIA TUV NORD Baltik texnik direktori Jerjak Jurich, lektor Aleksandr Matveyev, respublikamizning shaxar va viloyatlaridagi 40 dan ortiq elektrotexnika sanoati korxonalari, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish
va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini ta’minlash departamenti va O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
TE SIA TUV NORD Baltik ekspertlari tomonidan ishtirokchilarga prezentatsiya orqali elektrtexnika mahsulotlari uchun SE Markirovkasi, Yevropa davlatlarida maxsulotlar importiga qo‘yilgan talablar, sinov va sertifikatlashtirish jarayonlari tushintirildi.
Shu bilan birga Yevropa bozorida elektrtexnika maxsulotlariga qo‘yilgan sifat va xavfsizlik talablarining tobora kuchayib borayotganligi sababli SE Markirovkasiga aloxida e’tibor berilayotganligini ta’kidlab o‘tildi.
TE SIA TUV NORD Baltik ekspertlar tomonidan elektrotexnika sanoati korxonalari va ishtirokchilarning qiziqtirgan barcha savollariga to‘laqonli javob berildi. Tadbir yakuniga ko‘ra, koranavirus pandemiyasi salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida ushbu turdagi onlayn o‘quv seminarlarni doimiy tashkil etib borishga kelishib olindi.
«O‘zstandart» agentligi
Xalkaro munosabatlar boshqarmasi