Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi tibbiy ijtimoiy xizmatlar agentligi, Ohangaron “Saxovat” keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyining, Soʻrovnomasiga binoan taqdim etilgan, bemorlarga berilayotgan «saryogʻ» mahsuloti “Oʻzstandart” agentligi laboratoriyasida tegishli tartibda sinovdan oʻtkazildi.

Keksalar va nogironligi boʻlgan bemorlarga berilayotgan saryogʻ mahsuloti aslida margarin ekanligi maʼlum boʻldi.