2021-yil – “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb eʼlon qilinganligi  munosabati “Yangi Oʻzbekiston – yangi Renessans sari” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Yoshlar Parlamenti aʼzosi A.Abdullajonov va Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari F.Omonov hamda “Oʻzstandart” agentligi va uning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yosh kadrlar shuningdek, onlayn tarzda hududiy filiallar yoshlari ishtirok etdilar.

 Mazkur motivatsion uchrashuv tizimdagi oʻz bilimi, salohiyati, tashabbuskorligi, innovatsion gʻoyalari bilan mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshayotgan iqtidorli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratildi.