Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Chirchiq filiali masʼullari A.Daminov, Sh.Hayitmetov va A.Shadimatovlar «Mahallabay» ishlash tizimida mahalla oqsoqollari va faollari bilan uchrashuvlar tashkil etgan holda, hududda faoliyatda boʻlgan ishlab chiqarish korxonalari, eksportyor korxonalar, sanoat klasterlari hamda oilaviy va xususiy tadbirkorlarga sohaga oid masalalarda amaliy yordam koʻrsatish ishlarini olib bormoqdalar.

Mutaxassislar tomonidan Qibray tumanidagi “Yoshlik”, “Botanika”, “Hosildor”, “Baytqoʻrgʻon”, “Olmazor”, “Boʻston”, “Qipchoq”, “Uymovut” mahalla raislari bilan suhbatlar olib borildi. Natijada hududdagi “BOW Co.,LTD”, “ORZU TEKS” ishlab chiqarish korxonalarining 54 ta oʻlchash vositasi qiyoslash koʻrigidan oʻtkazildi.