“Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Departamenti, Uz TEST markazi Surxondaryo viloyati filiali va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Surxondaryo viloyati mutaxassislari bilan hamkorlikda viloyatdagi mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib ilm-fan va innovatsiyalarni qamrab olgan hamda qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga xizmat qiluvchi 44 ta oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasiga aʼzo boʻlgan 11 ta korxona va Afgʻoniston Islom Respublikasiga eksport qiluvchi 9 ta eksportyor korxonalar hamda 4 ta yangi ishga tushirilgan zamonaviy korxonalarga sohaga oid amaliy yordamlar koʻrsatildi.

Agentligining hududiy korxonalarining 15 nafar malakali mutaxassislari viloyatdagi 68 ta korxonaga biriktirildi. Har bir korxona boʻyicha barcha maʼlumotlar aks ettirilgan 68 ta korxona Pasportlari shakllantirildi.

Korxonabay ishlash natijasida ishlab chiqarilayotgan 37 turdagi mahsulotlarga tegishli boʻlgan 8 ta texnik reglamentlar 76 ta va standartlar yetkazildi.