“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori D.Sattarov Prezident topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyatida yangi tashkil etilgan “East Mining Invest” qoʻshma korxonasida gazobeton qurilish mahsulotini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Qoʻshma korxonada ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan mutaxassislarni malakasini oshirish, mahsulotlarni xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarish va sinov laboratoriyasini  yuqori aniqlikdagi sinov uskunalari bilan taʼminlash yuzasidan tavsiyalar berildi.