Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Pokistondagi elchixonasi, Pokiston Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasi hamkorligida Pokiston Islom Respublikasi Standartlar va sifatni nazorat qilish idorasi (PSQCA) bilan standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalarida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari rivojlantirilib kelinmoqda.
Joriy yilning 14-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon videoanjuman shaklida uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv doirasida Pokiston Islom Respublikasi Standartlar va sifatni nazorat qilish idorasi va “Oʻzstandart” agentligi oʻrtasida Hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim ham imzolandi.

Mazkur hujjatning imzolanishi mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga xalqaro standartlarni joriy etishda koʻmaklashish, mahalliy mahsulotlarni Pokiston bozoriga eksport qilishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi toʻsiqlarni aniqlash va bartaraf etishda yordam beradi.

Ichki bozorga kirib kelishida aniqlangan xavfli isteʼmol tovarlari toʻgʻrisida oʻzaro xabar berish, qoʻshma ilmiy loyihalar, sinov
va kalibrlash laboratoriyalarini salohiyatini oshirish, standartlashtirish boʻyicha mintaqaviy va xalqaro forumlar orqali ikki tomonlama hamkorlik rivojlantiriladi.

“Oʻzstandart” agentligi
Xalqaro munosabatlar boshqarmasi