Sanoat korxonalarida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishlarida malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish hamda sohaga doir ilm-fan va taʼlimni rivojlantirish maqsadida Toshkent kimyo texnologiyalari va Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutlari bilan tizimli hamkorlik olib borilmoqda.

Bundan koʻzlangan maqsad, sanoat korxonalariga standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishlarida malakali kadrlarni tayyorlash hamda sohaga doir ilm-fan va taʼlimni rivojlantirishni yoʻlga qoʻyish maqsadida professor oʻqituvchi va talabalar ishtirokida amaliy uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Uchrashuvda metrologiya yoʻnalishidagi mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda talabalar bilan ilmiy inavatsion ishlanmalarni birgalikda amalga oshirish hamda talabalarning oʻquv amaliyotlarini “Oʻzstandart” agentligi tizim tashkilotlaridagi sinov va kalibrlash laboratoriyalarida oʻtkazishlari orqali sanoat tarmoqlariga yetuk mutaxassislarni tayyorlash vazifalariga eʼtibor qaratildi.