Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi eksportyorlar uchun “Global Gap” va “ISO 22000” xalqaro standartlarini joriy etish masalalari boʻyicha “Zoom” dasturi orqali videokonferensaloqa rejimida vebinar oʻtkazildi.

Uchrashuvda Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda “UzTest” markazining ushbu sohalarga masʼul mutaxassislari tomonidan “Global Gap” va “ISO 22000” xalqaro standartlari talablari, ularni joriy etish shartlari va bosqichlari hamda ushbu standartlar asosida mahsulotlarni xorijiy bozorlarga eksport qilishning afzalliklari toʻgʻrisida taqdimotlar qilindi.

Vebinar yakunida mahalliy tadbirkorlar bilan mutasaddi ekspertlar oʻrtasida  savol-javoblar  boʻlib oʻtdi.

UzTest markazi

 Eksportga koʻmaklashish byurosi