Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 89-sonli qaroriga asosan induksion pechdan qurilish uchun metall prokatini ishlab chiqarish taqiqlangan.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarda 27 ta metall prokatini ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻrganilib, 14 ta korxonalarda davlat nazorati oʻtkazildi.

Induksion pechlardan foydalangan holda qurilish uchun moʻljallangan metall prokatini ishlab chiqaruvchi 14 ta korxona mahsulotlaridan foydalanmaslik yuzasidan qurilish vazirligi hamda, qurilish sohasida nazorat inspeksiyasiga tegishli maʼlumot kiritildi.

4 ta korxona esa qaror talablariga zid ravishda faoliyat yuritayotganligi aniqlandi. (“Jahan Metal Servis”, “Rolled Stell Plus”, “Ohangaron Armatura Zavodi” MCHJ, “Wangda Metall” QK). Agentlikning qarori bilan ushbu korxonalarning sertifikatlari bekor qilindi.

11 ta korxona esa qurilish uchun metall mahsulotlari ishlab chiqarishni toʻxtatib, boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga yoʻnaltirgan.