Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Turk standartlari instituti bilan hamkorlikda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining rahbar va masʼul xodimlari, professor-oʻqituvchilariga “Xalqaro ISO 9001 sifatni boshqarish tizimini joriy qilish” boʻyicha oʻquv kursi tashkillashtirildi.

Oʻquv kursida sifat menejmenti tizimini universitetga bosqichma-bosqich joriy etish hamda ISO 9001 xalqaro sertifikatini olish tartibi, ISO 9001 ctandartini qoʻllashning ahamiyati va afzalliklari toʻgʻrisida toʻxtalindi.

Davra suhbati jarayonida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ISO 9001:2015 “Sifat menedjment tizimi” xalqaro standarti joriy qilinishi va uning xalqaro darajada sertifikatlashtirilishi taʼlim sifatining sezilarli oshishi va xalqaro reyting olishidagi muhim qadam boʻlishi taʼkidlandi.