Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktorining maslahatchisi Agentlik tizim tashkilotlarining Andijon viloyati hududiy filiallarida boʻlib, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha mavjud muammolarni  bartaraf etish yuzasidan monitoring ishlarini olib bordi.

Oʻrganishlarda binolardagi peshlavhalar, targʻibot materiallarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan  tavsiyalar berildi.

Agentlik tizimida davlat tilining qoʻllanishini kengaytirish, ularning kundalik faoliyatida davlat tilidan toʻgʻri va toʻliq foydalanish, 2021-yil 1-avgust kuniga qadar barcha ish yuritish hujjatlari va turli blankalarni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga toʻliq oʻtkazishni bosqichma-bosqich taʼminlash boʻyicha tizim tashkilotlarining hududiy filiallarida ish hujjatlari va rasmiy blankalar lotin yozuvida rasmiylashtirilishi holati oʻrganildi. Oʻrganish davomida hududiy filiallardagi ish hujjatlari va rasmiy blankalar, shuningdek, yuqori turuvchi tashkilotlardan keladigan xatlar hamda yozishmalar toʻliq davlat tilida amalga oshirilgan boʻlsada, matnlarda imlo qoidalariga rioya qilinmaganligi, xatoliklarga yoʻl qoʻyilganlik holatlari mavjud.

Oʻrganishlar davomida mavjud kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etildi.