“Global G.A.P.“ — qishloq xoʻjaligining sifatini yaxshilash va zamonaviy qishloq xoʻjaligining ehtiyojlarini qondirish uchun Yevropa standartlari va Iso 65 koʻrsatmalariga muvofiq yaratilgan. Ushbu standart bugungi kunda dunyoda eng koʻp ishlatiladigan qishloq xoʻjaligi standartidir.

Surxondaryo viloyatidagi “Sariosiyo meva-sabzavot agrofirmasi” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari ham “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi Surxondaryo filiali Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi hamda Sifat tizimlarini joriy qilish boʻlimi mutaxassislari koʻmagida mazkur xalqaro “Global G.A.P.“ sertifikatiga ega boʻldi.