Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati hududiy boʻlimi, “OʻzTEST” va “Oʻz MMI” filiallari tomonidan Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazining Samarqand viloyat boʻlimi bilan hamkorlikda ʻBayrogʻimiz - faxrimizʻ shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar bunday uchrashuvlarning oʻtkazilishi juda katta ahamiyat kasb etishi hamda bayrogʻimiz gʻurur va faxrimiz timsoli ekanligini taʼkidladilar.