Tadbirda BMT Savdo va taraqqiyot boʻyicha konferensiya (UNCTAD), BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (UN FAO), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB), BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (UNECE) raxbarlari, Laos, Efiopiya, Mongoliya, Oʻzbekiston vakillari va mustaqil halkaro ekspertlar ishtirok etdi.

Kun tartibiga asosan yigʻilishda BMT Savdo va taraqqiyot boʻyicha konferensiya (UNCTAD) loyixasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, sifat va sinov, standart, muvofiqlikni baholash, transport, logistika, statistik raqamlar va savdo-sotiqdagi texnik toʻsiqlarga oid masalalar keng muhokama qilindi.

maʼlumot uchun, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakilllari tadbirda quritilgan mevalarni halkaro sertifikatlash, ularnng standarlari va sifati, soxada olib borilayotgan islohotlar yuzasidan prezentatsiya bilan ishtirok etdi.