Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “UzTest” markazi, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari va Adliya vazirligining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda  Olmaliq, Bekobod va Chirchiq filiallarida  ochiq muloqotlar tashkil etildi.

Soha xodimlarining faoliyatida shaffoflikni taʼminlash, qonunbuzarlik va korrupsiya holatlarini oldini olish boʻyicha oʻtgan mazkur tadbirlarda ishtirokchilar oʻzlari uchun muhim boʻlgan  savollarga javob oldilar.