OʻzTTSA va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan «korxonabay» ishlash tizimida hududlardagi sanoat korxonalari bilan tizimli hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalarida amaliy yordam berib kelinmoqda.

Jizzax viloyatida faoliyat koʻrsatayotgan “Real invest” korxonasi bilan hamkorlik olib borilib, mahsulotning sifati ortganligi sabab, GLOBALG.A.P. sertifikati topshirildi. Hozirgi kunda mazkur korxona Turkiya davlatiga kovul mahsulotini eksport qilmoqda.