Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qozogʻiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida imzolangan xujjatlarni amalga oshirish “Yoʻl xaritasi” ijrosi yuzasidan ekspertlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Suhbat jarayonida ikki tomonlama savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish maqsadida mahsulotning muvofiqligini baholash natijalarini oʻzaro tan olish imkoniyatlari va takliflar tayyorlash uchun ikki davlat ekspertlari ishtirokida ishchi guruh tuzish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi