OʻzTTSA ning Surxondaryoda uchta tizim tashkilotining filiallari  mavjud. Ular bir maydonda, bir hovlida ahil va birdamlik bilan faoliyat koʻrsatib, bir eshikdan kirib chiqadilar. Ahillik va tinchlikning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati yuzasidan xodimlarga tizimli tushuntirib boriladi.

Hamorklikda oʻtkazgan Ahillik har qanday mamlakatning taraqqiyoti va xalq farovonligining asosidir” mavzusidagi davr suhbatida shu masalalar muhokama etildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi Surxondaryo viloyati vakilligi masʼul xodimi A.Xursanov va Agentlik masʼullari ishtirok etib, jamiyatda komil insonni tarbiyalash, uning ruhiy-maʼnaviy olamini boyitish, ongiga ezgu fazilatlar va yuksak axloq ruhini singdirish alohida ahamiyatga egaligi, bu borada musaffo va bagʻrikeng, oliyjanob va insonparvar din boʻlgan islom dini insonlarni halollikka, ezgulikka, insof-adolatga, yaxshilik qilishga chorlashi bilan katta xizmat qilishi muqarrarligi haqida maʼlumotlar berildi.