“UzTest” markazi Jizzax filial masʼullari tomonidan sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib, loyihalar tashabbuskorlari bilan faoliyatni yanada kengaytirish boʻyicha rejalar va mavjud muammolarni muhokama qilmoqdalar.

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-maydagi “2017-2021-yillarda qayta tiklanadigan energetikani yanada rivojiantirish toʻgʻrisida”gi PQ- 3012-sonli qarorda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sigʻimini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalar va tizimlarni joriy etish boʻyicha asosiy yoʻnalishlar belgilab berildi.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida agentlik tomonidan Oʻzbekiston davlat standarti OʻzDst 2798:2017 “Noananaviy texnologiya. Biochiqindilar energetikasi. Biogaz qurilmalariga umumiy texnikaviy talablar.” xalqaro standartlarga muvofiqligi nuqtayi nazaridan qayta koʻrib chiqildi.

 Shuningdek, filial masʼullari Jizzax politexnika instituti bilan hamkorlikda bir qator ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga kelishib olindi. Xususan, institut tadqiqitchisi Sh.Suvanqulov tomonidan “Turli tarkibdagi biogazlar bilan taʼminlash” mavzusida bajarilgan dissertatsiya ishi tadqiqoti davomida “Uztest” DM  labaratoriyasida Agilent 7890B Gazoxromotografida biogaz ishlab chiqaruvchi qurilmadan olingan biogaz tarkibi tekshirildi. Tekshirish natijasiga koʻra tadqiqodchi Sh.Suvanqulov laboratoriyada turli tarkibdagi biogazlarning metan miqdori bir necha marotaba aniqlandi. Ilmiy izlanishlarning natijasida respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohasida energiya tejamkorligini taʼminlashga katta hissa qoʻshadi.