Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi va Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti Bekobod filiallari hamkorligida milliy qadriyatlar, urf-odatlar, insoniylik, vatanparvarlik, halollikni targʻib etishga qaratilgan maʼrifiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 Tadbirda Bekobod shahar imom xatibi sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida ish olib borayotgan xodimlarning faoliyati juda ham masʼulliyatli ekanligi, ularning kasbi davomida toʻgʻri ish yuritishlari xalqimizni ham toʻgʻri yoʻlga boshlayotganligi xususida soʻz yuritdi.

Shuningdek, tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokidagi tadbirda sohaning barqaror rivojlanishi uchun oʻlchov vositalarini meʼyorlarga muvofiq ishlashi va mahsulotlarning muvofiqligini baholashda halollik mezonlari asosida yondashishlari zarurligi taʼkidlab oʻtildi.