O‘zTTSA tizim tashkilotlari Samarqand viloyati filiallari “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan hamkorligida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyatiga bag`ishlangan davra suhbati bo`lib o`tdi.

Tadbirda so`zga chiqqan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputati, senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Sh. Alibekov tomonidan tadbir ishtirokchilariga Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi mazmun mohiyati batafsil tushuntirib berildi.

Tadbir ishtirokchilari o`zlarini qiziqtirgan savollari bilan deputatga murojaat qilib tadbir ko`tarinki ruhda o`tishini ta`minladi.