Oʻzbekistonda 2022-yil “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb eʼlon qilindi. Inson qadrini ulugʻlash - yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash demakdir. Bu borada jamiyatimiz asosi boʻlgan ovul va makon yigʻinlari, mahallalar hal qiluvchi oʻrin tutadi.

Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini ijtimoiy himoya qilish, ularga eʼtibor va gʻamxoʻrlikni kuchaytirish, ularning turmush sharoitini yaxshilash, faol va mazmunli hayot kechirishlarini taʼminlash, ularning boy hayotiy tajribasidan keng foydalanishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi, Qoraqalpogʻiston filiali xodimlari Nukus shahrida tashkillashtirilgan “Nuroniylar bilan bir dasturxon atrafida” tadbirida ishtirok etdilar. Filial xodimlari tadbir ishtirokchilari bilan samimiy, dildan suhbatlashib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohatlar yuzasidan toʻxtalib, ushbu jarayonda keksa avlod vakillarining ham alohida xissalari borligi, oʻsib kelayotgan yosh avlod tarbiyasiga bevosita keksa nuroniylarni toʻtgan oʻrni, oʻzlarining boy tajribalari bilan yoshlarga toʻgʻri yoʻl koʻrsatishlari toʻgʻrisida soʻzlashdilar.

Tadbirda nuroniylar katta hayotiy tajribalarini yoshlar bilan oʻrtoqlashib, ularga oʻz nasihatlarini berdilar.