Mamlakatimizda eksport mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish doimiy eʼtiboridagi eng ustuvor vazifa ekanligiga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlari tomonidan korxonabay ishlash tizimi orqali xalqaro standartlar joriy etish, SE markirovkasi va xalqaro ISO sertifikatlarni olishda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

 Yashnobod tumanidagi  joylashgan “Quality Farm”  korxonasida  ISO 13485 va SE markirovkasini joriy etish boʻyicha uchrashuv tashkil etildi.

  Tadbirda  korxonaga xorijiy davlatlarga eksport qilish va jahon bozoriga kirishdagi mavjud imkoniyatlar, import talablari, eksport geografiyasini kengaytirish, yangi eksportbop mahsulotlar yetishtirishda xalqaro standartlar muhimligi  tushuntirildi.

   Shu bilan birga bugungi kunda, eksportyor korxonalar  faoliyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganligi, Oʻzbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori va moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi atroflicha yoritib berildi.  

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Mahsulotni eksport qilishga koʻmaklashish byurosi