Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi tashkilotlarning Jizzax viloyati filiallari tomonidan xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, xalqaro standartlarga bagʻishlangan oʻquv seminari tashkil etildi.

Oʻquv kursida viloyat Investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi, Innovatsiya rivojlanish boshqarmasi hamda Savdo sanoat palatasidan shuningdek ishlab chiqaruvchi korxona vakillari ishtirok etdi.

Seminarda Agentlikning Sifat menejment tizimlarini joriy etish muvofiqlikni baholash boshqarmasi boshligʻi A. Asqarov hamda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jizzax filiali mutaxasisi F. Rahimovlar oʻz maʼruzalarida korxonalarda xalqaro standartlarni joriy qilish, xalqaro standartlarni mahsulot eksportidagi oʻrni, qishloq xoʻjalik eksportini rivojlanish, Yevropa davlatlariga qovun eksporti boʻyicha batafsil tushunchalar berib oʻtdi.