Turkiya davlatining Istanbul  shahrida Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) metrologiya texnik qoʻmitasining 10-yigʻilishi oʻtkazildi. 

SMIIC tashkilotining toʻlaqonli aʼzosi sifatida ushbu tadbirda ishtirok Oʻzbekiston tomonidan Texnik jihatdan tartibga solish  agentligi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda yurtimizda metrologiya sohasini rivojlantirish borasida Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan amalga oshirilgan ishlar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimot davomida xalqaro ekspertlarning xulosasiga koʻra Oʻzbekistonda sohani rivojlantirishda oʻsish tendensiyasi borligi va bu ijobiy koʻrinishga egaligi alohida eʼtirof etildi.

Milliy metrologiya institutining oʻlchash va kalibrlash imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularni xalqaro darajada tan olinishiga erishish maqsadida  TUBITAK UME (Turkiya),  KAZSTANDART (Qozogʻiston) va IMBIH (Bosniya va Gersegovina) metrologiya institutlari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazildi.

TUBITAK UME faoliyati bilan tanishib, xalqaro ISO 17025 standarti talablari asosida ishlab chiqilgan menejment tizimi jarayon hujjatlarini Yevro – Osiyo davlat metrologik tashkilotlari hamkorligi (KOOMET) T3.1 texnik qoʻmitasida dastlabki taqdimotini oʻtkazish uchun ekspertlar tavsiyalari olindi.

Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Xalqaro  hamkorlik boshqarmasi