Prezidentimizning “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-221-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida masʼul davlat tashkilotlar, tadbirkorlar va OAV ishtirokida oʻquv seminari oʻtkazildi.

Mazkur oʻquv seminarida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarining Qoraqalpogʻiston filiallari xodimlari ishtirok etdi. Seminarda intellektual mulkni ishonchli himoya qilish, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda kontrafakt mahsulotlarga samarali qarshi kurashish, shuningdek, Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish masalalari muxokama qilindi.

Seminar yakunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi tabirkorlik subyektlari vakillariga “Tovar belgisi” sertifikati tantanali ravishda taqdim qilindi.