Agentlik va tizim-tashkilotlari Jizzax hududiy filiallari masʼullari Jizzax shahridagi “Bonu shirinliklari” masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʻldilar.

Eksportyor korxona sifatida “Bonu shirinliklari” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2008-yildan boshlab turli shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.

Hududiy filiallar mazkur korxona bilan yaqindan hamkorlik yoʻlga qoʻygan. “Bonu shirinliklari” mahsulotlari ishlab chiqarish va sifatini taʼminlash boʻyicha barcha meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlangan. Mavjud oʻlchov vositalari Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Jizzax filiali tomonidan davlat qiyoslov koʻrigidan oʻtkazilgan. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari “UzTest” markazi, viloyat filiali tomonidan sertifikatlashtirilgan. Davlat nazorat Departamenti tomonidan korxonaga 9001 va 14000 Xalqaro sifat menejmenti tizimlari joriy etilgan.

Ishlab chiqarilayotgan shirinliklarning sifati doimiy nazorat qilib borish uchun sinov laboratoriyasi mavjud.

Uchrashuvda korxonaning eksport salohiyatini oshirish, Italiya va Turkiya Davlatlaridan keltirilgan uskunalarni metrologik koʻrikdan oʻtkazib, ishga tushirilishi va sifatli vafli mahsulotlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, mahsulotlarning davlat tilida yorligʻlanishi haqida istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.