OʻzTTSA xotin-qizlar kengashi raisi N.Mamadaliyeva hamda tizim tashkilotlari Chirchiq  filiallarida faoliyat yuritayotgan ayollar bilan oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni jamiyatning faol vakili sifatida oʻz iqtidorlarini namoyon etishlariga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda Agentlik va tizim-tashkilotlari xotin-qizlar boshlangʻich tashkilotlarini tashkil etish, ular bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Maʼrifiy uchrashuv davomida yurtimizda xotin-qizlar faoliyatiga berilayotgan eʼtibor, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish, ilmiy izlanishlar olib borayotgan ayollar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani hamda bu yoʻnalishdagi ishlarni tizim-tashkilotlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar orasida ham koʻpaytirish muhimligi aytib oʻtildi.

Uchrashuvda xotin-qizlar murojaatlari ham tinglanib, kelib tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi va ularni amalga oshirish choralari koʻrilmoqda.