Texnik jihatdan tartibga solish Agentligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda boshqarma boshliqlari va tizim-tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Unda asosiy eʼtibor mazkur sohani rivojlantirishga qaratilgan Prezidentimiz tomonidan imzolangan Qaror va Farmonlar ijrosini taʼminlash, milliy mahsulotlarimiz sifatini oshirish, ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati hamda natijadorligini oshirish kabi masalalarga qaratildi. Shuningdek, sohaga axborot kommunikatsiyalarni keng joriy etish orqali, inson omilini kamaytirish, murojaatlar bilan ishlashda masʼuliyatni yanada oshirish kabi vazifalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda targʻibot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazish, hududiy boʻlinma xodimlari ishtirokida oʻtkazilayotgan madaniy-maʼrifiy uchrashuvlarda korrupsiyaning oldini olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yigʻilish jarayonida standartlashtirish, sertifikatlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalarida taʼmagirlik, korrupsiya holatlariga barham berish va oldini olish dolzarb masala ekanligi taʼkidlab oʻtildi. Asosiysi, bu jarayonlarda “inson qadri uchun” tamoyili ostida yangicha nazar bilan ish yuritish lozimligiga urgʻu berildi.