“Sinov va kalibrlash laboratoriyalari imkoniyatiga qoʻyiladigan umumiy talablar” standarti boʻyicha Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, Navoiy filialining akkreditatsiya sohasi kengaytirildi. Endilikda filial tomonidan sogʻliqni saqlash, qurilish, kimyo-sanoati va boshqa koʻplab sohalarda foydalaniladigan Suyuqlikli termostatlar va Harorat kameralari sinov vositalarini kalibrlash imkoniyati yaratildi.

Filialning 2 nafar xodimi Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti boʻlimlarida malaka oshirib, xalqaro uslublar asosida 2 ta kalibrlash uslibiyati ishlab chiqildi. Shuningdek, laboratoriyalararo solishtirish ishlari va xodimlar oʻrtasida kalibrlash ishlari oʻtkazilib, ularning malaka va mahoratlari xalqaro standarti talablariga muvofiqlashtirildi. Bu orqali filial tomonidan viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalari, tadbirkorlar va sinov laboratoriyalariga xalqaro talablar asosida kalibrlash xizmatlari koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.